Kovorking Ground Zero

Yarim yertuladan iborat xonani yorug‘, keng ish joyiga aylantirishdek oldimizda murakkab vazifa turibdi. Biz “hayotni aks ettiruvchi” dereza ortidagi sun'iy peyzajni yaratishdan voz kechib, “Ertula yertulaligicha qolsin”, degan qat'iy qarorga keldik. Betondan iborat shiftni o‘z holicha qoldirib, inter'erga yumshoq ranglar qo‘shdik. Dizayn butun maydon bo‘ylab sochilgan o‘zga shakl va mebellarga nomutanosib tugallanmas gorizontallarga asoslangan.

Buning natijasida xonani an'anaviy ravishda devorlar bilan bo‘lmasdan, uni sahnalarga bo‘lish orqali biz turli xil hududlarni yaratishga erishdik. Bizning kirishdagi firmaga oid qora-oq geometriyamiz yangi marralarga erishishga bo‘lgan intilishni aks etib, kovorking konsepsiyasiga mos tushadi. Xonada tinch sharoitda ishlashni yoqtiradiganlar uchun “sokin” burchak, o‘yinlar uchun joy, ma'ruzalar bo‘limi, kutubxona, muzokaralar hududi va qahvaxona mavjud.